Bilim darajangizni onlayn aniqlang: 6 fan β€” Edvento

Ro'yxatdan o'tish shart emas

Bilim darajangizni onlayn aniqlang

Savollar javoblaringizga qarab qiyinlashadi yoki osonlashadi. Yakunda darajangizni, to'g'ri javoblar foizini va qayerdan boshlash kerakligini ko'rasiz.

Hozircha bepul: aksiya 30-sentabr kuni tugaydi, keyin narx 3 000 so'm bo'ladi.

Telefonda ham ishlaydi, natija darhol chiqadi.

Namuna

B1

74%

A288%
B175%
B238%

Test tugagach nimani ko'rasiz

  • 1

    Darajangiz: masalan B1 yoki matematikada M4, va u tasdiqlanganmi yoki yo'q.

  • 2

    To'g'ri javoblar foizi hamda nechta savol berilgani.

  • 3

    Har bir bosqich bo'yicha alohida foiz. Uzilish qayerdan boshlanganini shundan ko'rasiz.

  • 4

    Nimani mustahkamlash kerakligi: eng past yopilmagan bosqich, keyingi maqsad va ishonch bilan egallangan bosqich.

Sahifaning havolasi faqat sizda bo'ladi, muddati cheklanmagan va kirish so'ralmaydi: istagan paytda ochasiz yoki o'quv markaziga tashlaysiz. Google uni indeksga olmaydi.

Uch qadam

  1. 1

    Ism, telefon raqami va fanni kiritasiz. Familiya ixtiyoriy. Aniq fanlarda sinfingizni va savollar tilini ham tanlaysiz.

  2. 2

    Test darhol ochiladi.

    Har bir savolga 90 soniya beriladi, vaqt tugasa tizim keyingisiga o'tadi.

  3. 3

    Oxirgi savoldan keyin natija sahifasi ochiladi va havolasi sizda qoladi.

Nega savollar soni oldindan aytilmaydi

Savollar sakkiztalik bloklarga bo'lingan, va har blokdan keyin tizim bosqichni yuqoriga suradi, pastga tushiradi yoki o'sha joyda yana bir marta tekshiradi.

Shuning uchun jami 16–40 ta savol bo'ladi, davomiyligi 24–60 daqiqa. Boshlanish nuqtangiz haqiqiy darajangizga qanchalik yaqin bo'lsa, test shuncha qisqa tugaydi.

Oltita fan

  • Ingliz tiliA1-C2
  • Rus tiliA1-C2
  • Nemis tiliA1-C2
  • MatematikaM1-M7
  • KimyoCH1-CH5
  • BiologiyaBI1-BI6

Til fanlarida savollar o'sha tilning o'zida beriladi. Aniq fanlarda savollar tilini tanlaysiz: o'zbekcha yoki ruscha. Sinf esa mazmunni cheklamaydi, u faqat boshlanish nuqtasini belgilaydi.

Qancha vaqt va qancha pul

24–60 daqiqa
davomiyligi
16–40
ta savol
90 soniya
bir savolga

Hozircha bepul: aksiya 30-sentabr kuni tugaydi, keyin narx 3 000 so'm bo'ladi.

Ko'rsatilgan vaqt va uzunlik mustaqil topshirilgan testniki. O'quv markazlari o'z o'quvchilariga boshqa sozlamalar bilan test yaratadi.

Qachon kerak bo'ladi

  • 1

    Kursga yozilishdan oldin. O'z bosqichingizni bilsangiz, markaz taklif qilgan guruh sizga to'g'ri kelishini darhol tekshirasiz.

  • 2

    Imtihondan oldin. Multilevel yoki Milliy sertifikat tayyorgarligida vaqtingiz o'tilgan mavzularga ketmasligi uchun.

  • 3

    Ota-onalar uchun. Farzandingiz qaysi bosqichda turganini chorak bahosiga bog'liq bo'lmagan holda tekshirasiz.

Bu test nima qilmaydi

  • 1

    Hujjat bermaydi. Edvento sertifikat chiqarmaydi, rasmiy hujjat β€” davlat imtihoni natijasi.

  • 2

    Imtihon o'rnini bosmaydi. Multilevel ham, IELTS ham bu testga almashmaydi.

  • 3

    Ko'nikmalarni ajratmaydi. Reading, Listening yoki Grammar bo'yicha alohida natija yo'q: test bosqichni o'lchaydi, ko'nikmani emas.

Tez-tez so'raladigan savollar

Natijani mendan boshqa kim ko'radi?

Havola faqat sizda bo'ladi va uni kimga yuborishni o'zingiz hal qilasiz. Sahifada ismingiz ko'rinadi, telefon raqami esa yopiq holda chiqadi. Qidiruv tizimlari bu sahifani indekslamaydi.

Telefonda topshirsa bo'ladimi?

Ha. Javoblar har qadamda saqlanadi. Aloqa uzilsa, javob qurilmangizda turadi va tarmoq tiklangach o'zi yuboriladi.

Sinfni nima uchun so'raysizlar?

Matematika, kimyo va biologiyada shkala maktab dasturiga bog'langan, va sinf testga boshlanish nuqtasini beradi. Savollar mazmuni undan cheklanmaydi.

Test tugamasdan chiqib ketsam nima bo'ladi?

Daraja qo'yilmaydi: tugallanmagan javoblar asosida bosqich aytish o'lchov emas. Nechta savol berilgani va nechtasiga to'g'ri javob berganingiz sahifada qoladi. Bitta havolaga bitta urinish beriladi.

Hozir qancha turadi?

Hozircha bepul: aksiya 30-sentabr kuni tugaydi, keyin narx 3 000 so'm bo'ladi. Narx boshlash formasida ham yozilgan.

Fan tanlang va boshlang

Test ro'yxatdan o'tishni talab qilmaydi: ism, telefon raqami va fan yetarli.

Fan tanlang va boshlang

Daraja aniqlash testi qanday tuzilgani haqida batafsil

Siz o'quv markazimisiz? Markazlar uchun sahifaga o'ting